Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida 2023-yil 8-iyul kuni «Oq yo’l senga, bitiruvchi!» shiori ostida bitiruvchi o’quvchi yoshlarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirga Zomin tuman kengash deputati Azzamqulova Movluda Azzamqulovna hamda bitiruvchilarning ota-onalari tashrif buyurdilar.
Tadbir davomida o’qish va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan pedagog hodimlar, o’quvchilar va ularning ota-onalariga kasb-hunar maktabi ma’muriyatining tashakkurnomalari, faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari topshirildi.
Ushbu tadbirga kasb-hunar maktabining 76 nafar pedagog hodimlari hamda 300 nafardan ziyod o’quvchi yoshlar ishtirok etdilar.