Zomin tuman 1-son politexnikumida taniqli va isteʼdodli oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligini keng nishonlandi
2025-yil 28-fevral kuni Zomin tuman 1-son politexnikumida taniqli va isteʼdodli oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligini keng nishonlash maqsadida politexnikum faollar zalida Zulfiyaxonim —vafo va sadoqat kuychisi nomli adabiy badiiy kecha boʻlib oʻtdi. Tadbirda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Farmonova Gulzoda opa shoira hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Oʻquvchilar tomonidan shoira ijodidan sheʼrlar , kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Tadbir soʻngida har jabhada ilgʻor va peshqadam qizlarimiz erishgan yutuqlari bilan ragʻbatlantirildi.