Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin tuman 1-son politexnikumida «Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z!» mavzusi ostida milliy bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
14:17 20.03.2025
2
Chop etish

2025-yil 20-mart kuni Zomin tuman 1-son politexnikumida «Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z!» mavzusi ostida milliy bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni ta’lim muassasasi direktori Boltayev Zafar Asrorovich boshlab berdi. Barchani Navro’z umumxalq bayrami bilan tabrikladi. Tadbirda Milliy kuy va qo`shiqlar, Sahna ko`rinishlari hamda Sport o`yinlaridan o’quvchilar tosh ko`tarish va arqon tortishish kabi musaboqalar asosida tengdoshlari bilan bellashishdi. Sport bayramida barcha guruhlar ishtirok etdi. Bellashuvlarda ta’lim muassasasining 1-2 bosqich o’quvchilari ishtirok etishdi. Sport festivali barcha o’quvchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.