Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin tuman 1-son politexnikumida Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
12:49 03.09.2025
96
Chop etish

O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.

2025-yil 3-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ushbu marosim O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi kuylanishi bilan boshlandi.

Marosimda Politexnikum direktori Z.Boltayev so‘zga chiqib, barcha o‘quvchi yoshlarni Mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi.
Direktor o‘z nutqida: Bugungi kunda ta’lim muassasasida yaratilgan barcha qulayliklar va shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi. Yoshlarimizga munosib bilim olishlari uchun tilaklarini bildirdi.

Bayram dasturida turli xil chiqishlar, musiqa va raqslar, shuningdek, mustaqillik mavzusida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir yakunida barcha o‘quvchilarga reja boʻyicha mustaqillik darslari tashkil etildi.