Zomin tuman 1-son politexnikumi (direktor — 🤵🏻Boltayev Zafar Asrorovich) va Belarus Respublikasining Gomel davlat avtomexanika kolleji (direktor — 👨🏻🏫 Kozlov Genadiy Vasilyevich) o‘rtasida xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi! ✍🏻

📚 Ushbu kelishuv ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, o‘quv jarayonini takomillashtirish, innovatsion loyihalar yaratish va kasbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.
🎓 Hamkorlik doirasida:
🔹 qo‘shma ilmiy va ta’limiy loyihalar amalga oshiriladi;
🔹 o‘qituvchilar va talabalar uchun stajirovka va malaka oshirish dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 o‘quv-uslubiy materiallar, ilmiy ishlanmalar va ilg‘or tajribalar almashiladi;
🔹 kasbiy mahorat tanlovlari va kompetensiyalar bo‘yicha musobaqalarda birgalikda ishtirok etiladi.
💡 Bunday xalqaro hamkorlik ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratib, yoshlarning professional rivojlanishiga xizmat qiladi. 🌍
Yangi bosqich – yangi imkoniyatlar!
