Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin tuman 1-son politexnikumi binosida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
11:36 29.05.2025
73
Chop etish

29.05.2025-yil kuni Zomin tuman 1-son politexnikum xovlisida Zomin tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholini barqaror daromad manbalari bilan ta’minlash yo‘lida navbatdagi muhim qadam qo‘yildi. Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan  bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkaning asosiy maqsadi — ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, yoshlarni mehnat bozoriga jalb qilish, aholi bandligini oshirish hamda hududiy iqtisodiy faollikni kuchaytirishdan iborat edi.

Tadbirda turli soha vakillari, davlat va xususiy sektor korxonalari, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, yuzlab bo‘sh ish o‘rinlarini fuqarolarga taklif qildilar. Politexnikumning 289 nafar bitiruvchi o’quvchilari va axolini sihasiz qatlami vakillari bevosita ish beruvchilar bilan muloqot qilib, suhbatdan o‘tib va o‘zlariga munosib ish topish imkoniyatidan foydalanishdilar.