Ushbu tadbirlarda tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ustoz-murabbiylar, yoshlar va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
Mutasaddilar bitiruvchilarni hayotidagi yana bir muhim bosqichni yakunlagani bilan tabriklab, ularning ta’limning keyingi bosqichi va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Zomin tuman 1-son politexnikumi direktori Boltayev Zafar Asrorovich tomonidan bitiruvchi yoshlarga diplomlarini topshirdi. Politexnikum o`quvchi yoshlarning ota-onalariga esa tashakkurnomalar tantanali topshirildi.
Qayd etilishicha, joriy o‘quv yilida Zomin tuman 1-sonli politexnikumini jami 289 nafar o‘quvchi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha tamomladi. Ularning 15 nafari milliy va xorijiy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.