Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
“Tadbirkorlik va biznes asoslari” fanidan mazmunli dars mashg‘uloti
09:14 27.09.2025
96
Chop etish

 Zomin tuman 1-son politexnikumida “Tadbirkorlik va biznes asoslari” fanidan navbatdagi dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur darsni fanning malakali o‘qituvchisi Nilufar Ibodullayeva olib bordi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga yangi mavzular asosida amaliy topshiriqlar, ijodiy vazifalar hamda guruhli ishlash bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi.

 

Dars jarayoni o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlashi va biznes g‘oyalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, qiziqarli va mazmunli tarzda tashkil etildi.

Mazkur dars mashg‘uloti o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtisodiy fikrlashni kengaytirish va kelajakda muvaffaqiyatli biznes yuritish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashga xizmat qilmoqda.