Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi 28-sonli yigʻilish bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi taʼminlash maqsadida
professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida 2024-yilda boʻlib oʻtadigan ommaviy sport musobaqa bosqichlarini tashkil etish kalendar rejasi va nizomi tasdiqlandi. Ushbu nizom va kalendar reja asosida Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida ta’lim muassasasi guruhlar o’rtasidagi bosqichi quydagi tartibda o’tkazildi: 25-26 sentyabr kuni “ Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida sportning Voleybol turidan kasb-hunar maktabida oʻgʻil bolalar o’rtasida musobaqa o’tkazildi. Musobaqa natijalaridan so‘ng tuman bosqichida ishtirok etish uchun maktab jamoasi shakllantirildi.