Zomin tuman 1-son Politexnikumida 2025-yil 28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining yaqinda qabul qilingan «Turkiston Jadidchilik » harakatining asoschisi ,atoqli adib va jamoat arbobi, pedagog Mahmudxoʻja Bahbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi qaroriga tarix va taraqqiyot masalalariga e’tibor qaratilgani bejiz emas. Aslida Mahmudxoʻja Behbudiy degan tabarruk nom tilga olinganida beixtiyor tarix tiriladi.
Xususan, jadidlar harakati ular ochgan maktablar, gazeta jurnallar, teatr, adabiyot ma’rifatparvarlarning ilm -fanga, dinga, dunyoga — umuman bashariyat hayotining juda koʻp jabhalariga munosabatlari tasavvurimizda jonlanadi. Shu munosabat bilan «Mahmudxoʻja Behbudiy Saboqlari» mavzusida »INSHOLAR TANLOVI» oʻtkazildi. Tanlovda Zomin tuman 1-son politexnikumi oquvchilari faol qatnashishdi. Ularda Buyuk alloma haqida uning vatan ravnaqi uchun qilgan ishlari haqida koʻnikmalar hosil qilindi.