
Quvonarlisi, Jizzax viloyati boʻyicha mazkur forumda Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabi nomidan muassasaning direktori Zafar BOLTAYEV ham mazkur forumda ishtirok etdi. Ayni vaqtda Belorussiyada boʻlib turgan hamyurtimizning xabar berishicha, Belorussiya Respublikasi Ivan Schastno nomidagi Grodno davlat elektrotexnika kolleji bilan kelishuv bitimi imzolangan.Bitimda kadrlar tayyorlashda oʻzaro tajriba almashinish, 2+2 tizimi orqali pedagoglarning malakasini oshirish, ilmiy metodiyalarni birga ishlab chiqish kabi masalalarda hamkorlik qilinadi.




