2025-yil 11-noyabr kuni Zomin tuman 1-son politexnikumida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida online vebinar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda 48-24 va 63-25-guruh talabalari faol ishtirok etishdi. Vebinar davomida ishtirokchilarga sun’iy intellekt texnologiyalarining bugungi kundagi ahamiyati, ularni ta’lim tizimiga joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari hamda yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan sun’iy intellekt sohasidagi bilim va ko‘nikmalar bilan tanishtirish, ularning ushbu yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

