Bugun Zomin tuman 1-son politexnikumida navbatdagi umumxalq xashari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda politexnikum rahbariyati, o‘qituvchilar, ishchi-xizmatchilar va o‘quvchilar birgalikda faol ishtirok etishdi.
Xashar davomida:
-
politexnikum hovlisi va tashqi hududi tozalandi;
-
daraxt va gul ko‘chatlari atrofidagi tuproq yumshatildi;
-
keraksiz chiqindilar yig‘ishtirildi;
-
suv yo‘laklari va yo‘lakchalar tartibga keltirildi;
-
o‘quv binosi atrofi obodonlashtirildi.
Ushbu xasharning asosiy maqsadi – politexnikum hududida toza, ozoda va sog‘lom muhit yaratish, o‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash hamda obodonlashtirish ishlariga jalb qilishdan iborat.
Tadbir jarayonida o‘quvchilar o‘zaro hamjihatlik, mas’uliyat va jamoaviy mehnatning ahamiyatini chuqur his etishdi. Ta’lim maskanimizda bunday xayrli ishlar muntazam davom ettirilmoqda.
🌿 Birgalikda obod muhit yaratamiz!


