Politexnikum o‘qituvchilari “Artel” korxonasida.
Zomin tuman 1-son politexnikumi o‘qituvchilari “Artel” korxonasiga tashrif buyurib, dual ta’limda o‘qiyotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti jarayonini kuzatishdi.
Tashrif davomida o‘qituvchilar talabalar tomonidan o‘zlashtirilayotgan amaliy ko‘nikmalar, ishlab chiqarish intizomi hamda texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etish holatini o‘rganishdi.
Shuningdek, “Artel” korxonasi mutaxassislari bilan ta’lim jarayonini ishlab chiqarish talablari bilan uyg‘unlashtirish, hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif politexnikum va “Artel” korxonasi o‘rtasidagi dual ta’lim bo‘yicha samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

