Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
DXX CHQ xodimlari va talabalar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.
08:38 12.11.2025
28
Chop etish

Zomin tuman 1-son politexnikumida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlari xodimlari ishtirokida talabalarga mo‘ljallangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimiz xavfsizligi, yoshlarning milliy g‘oyaga sadoqat ruhida tarbiyalanishi, axborot xurujlariga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida DXX CHQ xodimlari tomonidan talabalarga Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat bilan yondashish, shubhali axborot manbalariga ishonmaslik va ularni tanqidiy tahlil qilish zarurligi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida yoshlarga milliy xavfsizlikni mustahkamlashda ularning faolligi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.