Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin tuman 1-son politexnikumida Kasbiy ta’lim sohasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi
09:46 05.11.2025
55
Chop etish

Zomin tuman 1-son politexnikumida kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan o‘qituvchilar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda politexnikum direktori o‘rinbosari U. Raximqulov mazkur qaror va farmonning asosiy maqsad hamda vazifalarini batafsil tushuntirib berdi.

Tadbir davomida qaror ijrosini ta’minlashda ta’lim muassasalarining o‘rni, pedagoglarning mas’uliyati va amaliy faoliyatdagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Seminar yakunida o‘qituvchilar tomonidan qaror ijrosini samarali yo‘lga qo‘yish borasida taklif va tavsiyalar bildirildi.