Zomin tuman 1-son politexnikumida “Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi”
2025-yil 7-oktabr kuni Zomin tuman 1-son politexnikumida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, talabalarda hushyorlik va ogohlikni oshirish maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.


Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yong‘in sodir bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri harakatlanish, birinchi yordam ko‘rsatish, yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, amaliy ko‘rgazma mashg‘ulotlari ham tashkil etilib, talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.