Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin tuman 1-son politexnikumining ikki nafar fidoyi xodimlari “O’rta maxsus va Professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar!
18:18 30.09.2025
71
Chop etish

Zomin tuman 1-son politexnikumining ikki nafar fidoyi xodimlari
— 👑🥇 Maxsus fan o’qituvchisi Shoyzoqov Bahtikarim Turonovich,
— 👑🥇 Kasbiy ta’lim bo’yicha direktor o’rinbosari Mirzaaliyev Sardor Sarvar o’g’li,
O‘zbekiston Respublikasida  ta’sis etilgan yuksak mukofot — “O’rta maxsus va Professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar!


🏆🏆🏆Ta’kidlash joizki, viloyatimizda bir tashkilotdan bir paytning o‘zida ikki nafar xodim bu yuksak mukofotga sazovor bo‘lmagan edi. Zomin tuman 1-son politexnikumida esa ushbu sharafli natijaga erishdi.
🤩 Bu e’tibor ulug‘vor mehnatga, yuksak kasbiy mahorat va pedagogik fidoyilikka berilgan munosib bahodir. Ustozlarimiz yoshlarga bilim berishda, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda hamda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘zlarining katta hissasini qo‘shib kelmoqdalar.

🤝 Politexnikumimiz jamoasi nomidan hurmatli ustozlarimizni chin dildan tabriklaymiz va ularga sog‘liq, bardavom ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!