Zomin tuman 1-son politexnikumi kutubxonasiga 2025–2026 o‘quv yilida qabul qilingan 1- kurs oʻquvchilari tashrif buyurdilar.
Zomin tuman 1-son politexnikumi kutubxonasida 2025–2026 o‘quv yilida qabul qilingan 1-kurs 55/25-guruh, “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” yo‘nalishi o‘quvchilari uchun tanishtiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar kutubxonada yaratilgan sharoitlar, mavjud adabiyotlar va elektron resurslar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida kutubxonachi Saparova Manzura tomonidan o‘quvchilar kutubxonaga a’zo qilinib, foydalanish tartib-qoidalari haqida batafsil tushuntirish berildi.
Bunday tashriflar yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
