Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin tuman 1-son Politexnikumda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Kiberxavfsizlik va onlayn firibgarliklarning oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
18:17 05.09.2025
117
Chop etish

Mazkur uchrashuvda bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan turli firibgarlik usullari, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, noma’lum havolalardan foydalanmaslik, onlayn o‘yin va lotereyalardagi aldovlarga uchmaslik kabi masalalar atroflicha tushuntirildi.

Mutaxassislar yoshlarni internetdan oqilona foydalanishga, begona shaxslar tomonidan yuborilgan havola, fayl yoki ilovalarga ishonib qolmaslikka chaqirdi. Shuningdek, kiberjinoyatlarning oqibatlari va ulardan himoyalanish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bunday tadbirlar yoshlarimizning huquqiy bilimini oshirish, ularni zamonaviy tahdidlardan ogoh etish hamda xavfsiz axborot makonida faoliyat yuritishga o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi.