Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin tuman 1-son politexnikumi 2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilariga diplomlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi.
20:59 07.07.2025
46
Chop etish

Ushbu tadbirlarda tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ustoz-murabbiylar, yoshlar va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

Mutasaddilar bitiruvchilarni hayotidagi yana bir muhim bosqichni yakunlagani bilan tabriklab, ularning ta’limning keyingi bosqichi va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Zomin tuman 1-son politexnikumi direktori Boltayev Zafar Asrorovich tomonidan bitiruvchi yoshlarga diplomlarini topshirdi. Politexnikum o`quvchi yoshlarning ota-onalariga esa tashakkurnomalar tantanali topshirildi.

Qayd etilishicha, joriy o‘quv yilida Zomin tuman 1-sonli politexnikumini jami 289 nafar o‘quvchi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha tamomladi. Ularning 15 nafari milliy va xorijiy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.