Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin tuman 1-son politexnikumining Avtomobil kuzovini bo’yash yo’nalishi bo’yicha “Kasb mahorati” darsi bo’lib o’tdi
11:05 30.05.2025
19
Chop etish

Zomin tuman 1-son politexnikumining  Avtomobil kuzovini bo’yash yo’nalishi bo’yicha “Kasb mahorati” darsi bo’lib o’tdi. Darsni  ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosari S.Mirzaaliyev kirish so’zi bilan ochib berdi va yig’ilganlarga kun tartibidagi va o’tiladigan dars mavzusi bo’yicha to’liq ma’lumot berdi. So’ng so’z navbatini ishlab chiqarish ta’limi ustasi O’. Xolbekovga berdi

O’. Xolbekov avtomobil kuzovini bo’yashga tayyorlash uchun eng avval nuqsonlarini toppish zarurligini aytdi va qanday topish usullari bilan tanishtirib o’tdi. Keyigi navbatda kuzov detallarini ta’mirlash va payvandlash ishlarini olib bordi. So’ngra bo’yash ishlari jarayonini yig’ilganlarga to’liq tushuntirib amalga oshirdi.

So’ng so’z navbatini kafedra mudiri A.Egamberdiyev olib O’ Xolbekovning o’tgan mahorat darsi kun tartibidan o’rin olgan rejaga asosan olib borgan ishlari yuzasidan gapirib o’tdi, ustoz shogirt ananalari asosida o’tilgan mahorat darsi yangi ishga kelgan pedagoglarga namuna darsi deb qabul qilinishi to’g’risida ta’kidlab o’tdi va O’ Xolbekovning darsi taxsinga loyiqligini e’tirof etdi.