Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin tuman 1-son politexnikumi xodimlari tomonidan 3-may kunidan boshlab, hashar ishlari boshlab yuborildi.
12:36 03.05.2025
16
Chop etish

Zomin tuman 1-son politexnikumida har yili 9-may sanasi mamlakatimizda Xotira va Qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana — xalqimiz qalbida o‘chmas iz qoldirgan, Vatan ravnaqi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini ardoqlash, ularning fidokorona xizmatlariga hurmat bajo keltirish kunidir.
Ushbu ezgu sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, hashar va xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda. Jumladan, Zomin tuman 1-son politexnikumi xodimlari tomonidan 2025-yil 3-may kunidan boshlab, hashar ishlari boshlab yuborildi.
Hashar doirasida Zomin tuman 1-son politexnikumi binosi atrofi tozalanib, tartibga keltirildi. Daraxt va butalarning qurigan shoxlari kesilib, begona o‘tlar yulib tashlandi, chiqindilar olib chiqildi. Yo‘laklar supurilib, yashil hududlarga gul va ko‘chatlar ekildi.Eskirgan bannerlar yangisiga almashtirildi. Ushbu jamoaviy mehnat orqali atrof-muhitga fayz va tarovat baxsh etildi.