2024-yil 2-dekabr kuni Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbiri o`tkazildi. Unda Zomin tuman Favqulotda vaziyatlar bo’limi P va NB katta inspektori katta leytenant J.Abdufattaxov ishtirok etib, mavzu yuzasida tushunchalar berdi.
Xususan, mamlakatimizda har yili tashkil etib kelinadigan yong‘in xavfsizligi oyligi aholi punktlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida yong‘inlarning oldini olish hamda zarur profilaktik chora-tadbirlarni ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Shuningdek, yong‘inlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlarni namoyish etishdi.