Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin 2-son kasb-hunar maktabi direktori Boltayev Zafar Asrorovich «O’rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
15:04 28.09.2024
13
Chop etish

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug’i bilan 1-oktabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o’rta maxsus va professional ta’lim sohasida fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli ta’lim olishi va kasb-hunar egallashida o’zining samarali mehnati bilan namuna bo’layotgan, tizim rivoji uchun o’zining munosib hissasini qo’shib kelayotgan soha fidoyilarining bir guruhi mukofotlandi.

Quvonarlisi, ular qatorida Zomin 2-son kasb-hunar maktabi direktori Boltayev Zafar Asrorovich, Zomin ko’p tarmoqli texnikum direktori Ergasheva Dilrabo Muzropovna, Zomin turizm va servis kolleji direktori Xayitqulova Go’zal Karimkulovnalar «O’rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.