Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida 2023-yil 29-mart kuni yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilot yoshlar yetakchisi U. Meliboyeva boshchiligida «Yoshlar turizmi haftaligi» doirasida o’quvchi yoshlarga tarixiy manbaalarimiz haqida tushunchalar berish hamda ularni asrab-avaylashga o’rgatish maqsadida Zomin shahrida joylashgan «Zomin o’lkashunoslik» muzeyiga hamda Xotira maydoniga sayohat uyushtirildi.
03:15 03.04.2023
162
Chop etish

Sayohat mobaynida o’quvchi yoshlarga qadimiy mehnat ish qurollari, kiyim-kechaklar, ro’zg’or buyumlari, tarixiy tangalar kabi madaniy me’roslarimiz to’g’risida ma’lumot berildi.
Shuningdek o’quvchi yoshlar ular to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Ushbu sayohatda kasb-hunar maktabining 2 nafar pedagog hodimlari hamda 19 nafar o’quvchi yoshlari ishtirok etdilar.