Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida 2023-yil 1-mart kuni O’zbek xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari A. Sattorova, G. Farmonova hamda yoshlar yetakchisi U. Meliboyevalar hamkorligida «Baxtim shul o’zbekning Zulfiyasiman!» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
02:13 01.03.2023
86
Chop etish

Tadbirda o’quvchi yoshlar tomonidan shoiraning hayot va ijodi yo’li aks ettirilgan sahna ko’rinishlari, she’rlari yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Shu bilan bir qatorda «Zulfiya siymosini aks ettirgan eng faol ishtirokchi» nominatsiyasi ham o’tkazildi.
Shuningdek tadbirda faol ishtirok etgan o’quvchilar tadbir so’ngida faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.