2022-yil 13-iyul kuni Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabining 254 nafar ilk bitiruvchi o‘quvchilariga «Oq yo‘l aziz o‘quvchilar» shiori ostida diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Anvarov va ish beruvchi tashkilot rahbarlari hamda ota-onalar ishtirok etdi.
Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabidagi 2 yillik o‘qishi davomida a‘lo o‘qishi, namunali xulqi, jamoat ishlarida faol bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalariga kasb-hunar maktabi mamuryatining tashakkurnomasi, estalik va qimmat baho sovg‘alari topshirildi.