Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Mamatqulov Bekzod Boxodirovich
14:50 25.02.2022
448
Chop etish

Mamatqulov Bekzod Boxodirovich

Direktorning moliya-iqtisod ishlari bо‘yicha о‘rinbosari

Ta'lim: 2004 y. Jizzax politexnika instituti (kunduzgi)
2010 y. Toshkent Moliya instituti (sirtqi)

Telefon: +99872 382 12 40

Elektron pochta manzili: bekzod@zomin2-sonkhm.uz

Qabul kunlari: 9:00 dan 13:00 gacha

Funksiya va vazifalar


Moliya-iqtisod ishlari bо‘yicha kasb-hunar maktabi xо‘jalik faoliyatini boshqarish, yangi о‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tо‘liq tayyor holga keltirilishini ta’minlash;

kasb-hunar maktabi fan о‘quv xonalari, ishlab chiqarish ta’limi ustaxonalari va laboratoriyalarida texnologik jihozlarni loyiha talablari va meyorlariga muvofiq joylashtirishni tashkil etish, xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga javob berishini, jihozlarni saqlanishini, elektr va yong‘in xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini tashkil etish;

kasb-hunar maktabining xо‘jalik faoliyati uchun zarur shartnomalarni о‘z muddatida rasmiylashtirishni, ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun qо‘shimcha moliyaviy manbalar va moddiy mablag‘larni jalb qilish chora-tadbirlarni amalga oshirish;

kasb-hunar maktabi xodimlari va ta’lim oluvchilari uchun ijtimoiy-maishiy, yotoqxona va oshxonalarda zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

kasb-hunar maktabi moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish, bino va qо‘shimcha obyektlarining texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda о‘rganib borish;

kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tegishliligicha kо‘mir, suyuq yoqilg‘i, tabiiy gaz va elektr energiyasiga bо‘lgan ehtiyojlarni aniqlash va ma’lumotlarni hududiy ta’lim boshqaruvi organlariga taqdim etish hamda qabul qilingan yoqilg‘ilarning sifati va saqlanishini ta’minlash;

kasb-hunar maktabi hududini obodonlashtirish, kо‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlariga rahbarlik qilish, о‘ziga bо‘ysunuvchi tegishli bо‘linma hamda texnik xizmat kо‘rsatuvchi xodimlar ishini muvofiqlashtirish;

vakolat doirasida moliyaviy va xо‘jalik masalalarini hal etish, byudjet va byudjetdan tashqari moliyaviy mablag‘larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlash;

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash.

Bilishi kerak:

Moliya-iqtisod, qurilish va jihozlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarini va ularning ijrosini amalga oshirish tartibini;

jihozlash meyorlari asosida xonalarga kerak bо‘lgan jihozlarni va ularni joylashtirilishini;

kasb-hunar maktabi binosining texnik holatini, uning hududi, xonalar soni va о‘lchamlarini, ta’lim muassasasi binosiga qо‘yiladigan texnik talablarni;

boshqarish psixologiyasi yutuqlaridan foydalanishni, jamoada qulay psixologik muhit yaratishni;

kasb-hunar maktabi faoliyatini tartibga soluvchi fuqarolik, boshqaruv, mehnat, byudjet, soliq qonunchiligini;

kasb-hunar maktabi faoliyatiga qо‘yilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.

Malaka talablari:

Oliy ma’lumot, staj talab etilmaydi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi.

Mehnat faoliyati


  • 26.07 -28.08.2000yy. – Mirzachо‘l birlashmasiga qarashli xо‘jalik hisobidagi ta’mirlash uchastkasi XRU-1 bо‘limi ishchisi
  • 2000-2004 yy.- Jizzax politexnika instituti talabasi
  • 2005-2013 yy.- Jizzax nasos stansiyalaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli 3-nasos stansiyasi yetakchi mutaxassisi
  • 2007-2010 yy. -Toshkent moliya instituti talabasi
  • 2019-2020 yy.- Zomin tumani tibbiyot birlashmasi tuman shifoxonasi g‘aznachisi
  • 2020-2021 yy.-Dashtobod transport kasb-xunar kolleji bosh xisobchisi
  • 2021 yy. -x/v- Zomin tuman 2-son kasb-xunar maktabi moliya iqtisod bо‘yicha direktori о‘rinbosari