Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Boltayev Zafar Asrorovich
21:32 23.02.2022
206
Chop etish

Boltayev Zafar Asrorovich

Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori

Ta'lim: Jizzax politexnika instituti

Telefon: +998902961223

Elektron pochta manzili: boltayevzafar402@gmail.com

Qabul kunlari: Har kuni soat 9:00 – 13:00

SERTIFIKATLARI:

  • 2017 yilda Jizzax viloyati favqulotda vaziyatlar boshqarmasi Aholini va rahbarlarni tarkibini tayyorlash markazi “Favqulotda vaziyatlar” kursi bo’yicha malaka oshirish.
  • 2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus talim vazirligi, oʻrta maxsus, kasb-hunar talimi Markazi, oʻrta maxsus, kasb-hunar talimi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida “DIREKTORLAR” o’quv kursi bo’yicha malaka oshirish.
  • 2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Yong’in xavsizligi Instituti, “Yong’in xavsizligi asoslari’ kursi bo’yicha malaka oshirish.
  • 2020 yilda Jizzax viloyati favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hayot faoliyati xavsizligini o’qitish markazi “Hayot faoliyati xavsizligi” kursi bo’yicha malaka oshirish.
  • 2020 yilda OʻZbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus talim vazirligi pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar talimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti va Germaniya davlati hfmkorligidagi, Halq universitetlari nemis assotsatsiyasining Oʻzbekistondagi filiali «Kattalar ta’limi» moduli bo’yicha malaka oshirish.
  • 2022 yilda OʻZbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus talim vazirligi pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar talimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “DIREKTORLAR” o’quv kursi moduli bo’yicha malaka oshirish.

Jizzax viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi tomonidan

  • 2016 yilda 1-oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan
  • 2017-yilda “Eng mas’uliyatli ta’lim muassasasi rahbari”,
  • 2018-yilda “Eng obod kasb-hunar kolleji”,
  • 2019-yilda “Eng na’munali direktor”,
  • 2020-yilda Professional ta’lim tizimida “Kasb-hunar maktabiga qabul jarayonini na’munali tashkil etganligi uchun”,
  • 2021-yilda “Professional ta’lim tizimi rivojlanishiga qoʻshgan xissasi uchun” Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
  • 2021-yilda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil, 24-maydagi farmoniga binoan ta’sis etilgan, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni taqdirlangan.
  • 2021yilda 1-oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jizzax viloyati xokimining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.

Funksiya va vazifalar


  • Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa qonun osti hujjatlarining toʻliq va sifatli bajarilishini ta’minlash;
  • kasb-hunar maktabi faoliyatiga, pedagogik kengashga rahbarlik qilish hamda u bilan birgalikda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishni rivojlantirish, ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
  • kasb-hunar maktabining ta’lim faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida ta’lim jarayonini kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshirish;
  • mehnat qonunchiligi hamda jamoada sogʻlom ma’naviy-ijodiy muhitni shakllantirish boʻyicha faoliyat yuritish;
  • kasb-hunar maktabining yillik va oylik ish rejalarini tasdiqlash, ish rejalarini va oʻqituvchilar tomonidan oʻquv rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
  • ish beruvchilar talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni inobatga olgan holda, iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaxassislarni tayyorlash;
  • oʻquvchilarning muntazam ravishda bilim olishlarini tashkillashtirish, oʻquv jarayoniga nisbatan mukammal va samarali pedagogik texnologiyalarning qoʻllanishiga rahbarlik qilish;
  • kasb-hunar maktabining resurslarini boshqarish;
  • vakolat doirasida moliyaviy va xoʻjalik masalalarini hal etish, budjet va budjetdan tashqari moliyaviy mablagʻlarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, mehnat, ishlab chiqarish, ijro intizomi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlash;
  • oʻquv jihozlari, qurilmalari va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini ta’minlash, maktab moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
  • pedagog xodimlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshirish, pedagogik xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta’minlash;
  • xodimlarga mehnat va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratish, maktab faoliyati boʻyicha hisobotlar tuzish, buyruqlar chiqarish hamda maktab xodimlari vazifalari, majburiyatlarini belgilash, ular orasidagi eng fidokorlarini ragʻbatlantirish, oʻz vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qoʻllash;
  • oʻquvchilarni qabulini, kursdan kursga oʻtishini, tashkilot va muassasalar bilan oʻquvchilarning oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • ota-onalar, mahalla, jamoat va homiy tashkilotlari bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil qilish;
  • oʻquvchilarni eng yaxshi milliy an’analar, urf-odatlar boʻyicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni, vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishga rahbarlik qilish;
  • kasb-hunar maktabi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etishni ta’minlash;
  • davlat hokimiyati, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari, ish beruvchilar va ish beruvchilarning birlashmalari, jamoat va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda kasb-hunar maktabi manfaatlarini ifoda etish;
  • direktor ma’muriyat faoliyati natijalari boʻyicha pedagogik kengash va Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda vazirlikka hisobot berish;
  • direktor kasb-hunar maktabining faoliyati natijalari uchun shaxsan javob berish lavozim vazifalari yuklatiladi.

Mehnat faoliyati


  • 1997-2002 yy.- Jizzax politexnika instituti talabasi
  • 2002-2005 yy.- Jizzax suv qurilish trestiga qarashli 34-son mexanizatsiyalashgan koʻchma kalonna mexanigi
  • 2005-2010 yy.- Zomin tumani Millat faxri ma’suliyati cheklangan jamiyati injeneri
  • 2010-2011 yy.- Zomin tumani “Xasan-Oʻrol-Qaxramon” femer xoʻjaligi ish yurituvchisi
  • 2012-2013 yy.- Dashtobod suv oqova korxonasi yetakchi mutaxassisi
  • 2013-2016 yy.- Dashtobod transport kasb-xunar kolleji maxsus fan oʻqituvchisi
  • 2016-2020 yy.- Dashtobod transport kasb-xunar kolleji direktori
  • 2020-y.-h.v. — Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori