Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy

Qulayotgan tog’lar

Bo'lim(lar): O'zbek adabiyoti

Muallif: Chingiz Aytmatov

Manba: www.kitob.uz

Kitob haiqda

Chingiz Aytmatov hayotining oxirgi yillarida «Qulayotgan tog‘lar» yoki «Mangu qayliq» deb atalgan romanini yozdi. Unda bozor iqtisodiga o‘tayotgan, shiddat bilan globallashuv jarayonlariga kirib borayotgan hozirgi dunyoning ma’naviy-iqtisodiy muammolarini Qirg‘iziston, Markaziy Osiyo voqeligi, odamlar taqdiri, turmushi, ongida ro‘y berayotgan keskin, og‘riqli o‘zgarishlarga chambarchas holda yoritdi. Tabiat, jamiyat, inson taqdirida yuz berayotgan rang-barang hodisalarni butun fojialari bilan birga yaxlit tasvirladi. Asar buyuk adib va donishmandning avlodlarga so‘nggi vasiyatiday o‘qiladi. Zullisonayn adib bu romanini rus tilida yozdi. U 2007 yilda Peterburgda nashr etildi. O‘zbek tiliga shu nashrdan tarjima qilindi.