Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
Maktab haqida
22:03 01.11.2020
330
Chop etish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi Dashtobod transport kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni bilan Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabi sifatida tashkil etildi.

Kasb-hunar maktabi 750 o‘rinli, umumiy maydoni 7.3 ga ni tashkil etadi, 80 o‘rinli oshxona va 50 o‘rinli yotoqxona, 12×24 sport zal hamda sport maydonchalari, 150 o’rinli Faolar zali, 9352 dona o’quv hamda badiiy adbiyotlar bilan ta’minlangan Axborot-resurs markazi faoliyat yuritib kelmoqdda.

Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabi Koreya krediti asosida “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” ustaxona jihozlari, Polsha krediti asosida “Tikuvchilik ishlab chiqarish” ustaxona jihozlari, davlat byudjeti asosida “Metallarga ishlov berish”, “Chilangarlik ishi”, “Elektrchilangarlik ishlari”, “Elektrmontaj ishlari”, “Payvandlash ishlari”, “Umumqurilish ishlari” ustaxona jihozlari bilan ta’minlangan.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi “Avtotransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori talablari asosida “Avtomobil tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xonasi”, “Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi xonasi”, “Yakuniy test imtihonlarini o‘tkazish xonasi” hamda avtomobillarni yakka tartibda boshqarish bo‘yicha avtomobil mashq maydoni (avtodrom) tashkil etilgan bo‘lib, tegishli o‘quvchilarga “B” yoki “BS” toifali avtomobil haydovchisi toifalari berish huquqi beriladi.