Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
9-may ,, Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida ,, 𝙓𝙤𝙩𝙞𝙧𝙖 𝙖𝙗𝙖𝙙𝙞𝙮—𝙭𝙤𝙩𝙞𝙧𝙖 𝙢𝙖𝙣𝙜𝙪!» shiori ostida ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
15:08 07.05.2022
347
Chop etish

Tadbirga Afg’on urushi qatnashchilari hamda mehnat faxriylari, nuroniylar taklif etildi.

Tadbirda o’quvchi yoshlar tomonidan Ikkinchi jahon urushida O’zbekiston xalqining fidoiyligi, jasorati va matonatini aks ettiruvchi hamda fashizim ustidan qozonilgan g’alaba aks etgan sahna ko’rinishlari va badiiy chiqishlari yig’ilganlar e’tiboriga havola etildilar.

Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabi maxsus fan o’qituvchisi oramizdan hayotni erta tark etganSariboyev Mirg’olim Donishivichning yorqin xotirasi yodga olindi. Bayram tadbiriga Mirg’olim Sariboyevning oila a’zolari taklif etildi.

Bayram tadbiridan so‘ng kasb-hunar maktabi raxbariyati, umumta’lim fanlari kafedrasi hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada

1-o‘rinni – umumta‘lim kafedrasi

2-o‘rinni — Raxbariyat

3-o‘rinni — Ishlab chiqarish ta‘limi ustalari egalladi.