Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
2026 yilgacha oltita viloyatda 15 ta yangi GES quriladi
15:45 22.02.2022
120
Chop etish

2026 yilgacha O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida umumiy quvvati 868 MVt bo‘lgan loyihalar amalga oshiriladi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Energetika vazirligining xabar berishicha, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2026 yilgacha O‘zbekistonning oltita viloyatida 15 ta yangi GES quriladi. Mavjud 5 ta GES modernizatsiya qilinadi.

Natijada, yiliga qo‘shimcha 868 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi.

Jumladan:

  • 2022 yilda Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 173 MVtga teng bo‘lgan qo‘shimcha gidroelektrstansiyalar yaratish bo‘yicha 7 ta;
  • 2023 yilda Toshkent viloyatida 1 ta GES modernizatsiyasi yakunlanadi hamda Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida jami quvvati 29 MVt bo‘lgan 2 ta;
  • 2024 yilda Andijon, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 1 ta GES modernizatsiyasi yakunlanadi hamda jami quvvati 122 MVt bo‘lgan 4 ta;
  • 2025-2026 yillarda Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida jami quvvati 544 MVt bo‘lgan 4 ta GESlar ishga tushiriladi.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar hisobiga, 2026 yilga borib O‘zbekistonda gidroelektrstansiyalarning umumiy quvvati 2 920 MVtga yetkaziladi.