2024 yil 26-dekabr kuni Zomin tuman 2-son KXMning o‘qituvchi-pedagog va i.ch.t. ustalariga kasb-hunar maktabining ona-tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Farmonova Gulzoda tomonidan “Ta’lim sifatini oshirish va kasbiy salohiyatni oshirish” mavzusida o‘quv-seminar mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.
O‘quv-seminarda pedagog jamoadagi xodimlarning kasbiy faoliyatini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishdagi muammolar, ularni bartaraf etish usullari, hamda pedagoglar o‘z ustida ishlashda, yangi innovatsion metodlardan foydalanib dars mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.