2023-yil 28-aprel kuni Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida tuman bandlik bo’limi bilan hamkorlikda ish beruvchi davlat tashkilotlari va korxonalarini jalb qilgan holda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli maktablarning 9-sinf bitiruvchi o’quvchilari taklif qilinib «O’qishga marhamat!» shiori ostida ochiq eshiklar kuni o’tkazildi.
Tashrif buyurgan o’quvchilarga professional ta’lim muassasalarida tayyorlanadigan o‘rta bo‘g‘in kadrlarning mehnat bozoridagi o‘rni hamda kasb-hunar maktabidagi mavjud yo‘nalishlar, ularda yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha tushunchalar berildi.