Tadbirda yig‘ilganlar e‘tiboriga «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-senyabrdagi «Professional ta‘lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5812-sonli Farmoni mazmun-mohiyati o‘qib eshittirildi.
Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini o‘qishi davomida qo‘lga kiritgan yutuqlari, kelajakdagi istiqbol imkoniyatlari haqida alohida ta‘kidlab o‘tildi.
So‘ngra yig‘ilganlar e‘tiboriga Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabi o‘quv yo‘nalishlari, o‘quv va amaliyot xonalari, kutubxona, sport zal, faollar zali va oshxona hamda boshqa moddiy-texnik ta‘minotiga doir maxsus tayyorlangan slayd va video rolik namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot so‘ngida o‘quvchilar va o‘qituvchilar hamda targ‘ibot guruhi o‘zaro savol javob o‘tkazishdilar. O‘quvchilar kasb-hunar maktabiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atloflicha javoblar olishdilar.