Sayt test rejimda ishlamoqda!
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaxri, O‘zbekiston MFY, Qora-tepa ko‘cha 8 uy
2022-yil 25-26-may kunlari Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida 1-qaldirg’ochlarini ya’ni bitiruvchi o’quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
14:19 26.05.2022
101
Chop etish

Suhbat jarayonida kasb-hunar maktabi direktori Z.Boltayev o‘quvchi yoshlar bilan kasb-hunar maktabini tamomlagandan so‘ng o‘zlarining egallagan mutaxasisligi bo‘yicha Oliy talim muassasasida o‘qishni davom ettirishi yoki egallagan kasbi bo‘yicha faoliyat yuritishi mumkinligi haqida tushunchalar berib o‘tildi. Yana shuni ta‘kidladiki «O‘z ustingizda doim ishlashdan, harakat qilishdan hech qachon to‘xtamang! Qaysi soha bo‘lmasin, uning o‘z ilmi va kitobi bor. Quruvchi, dasturchi, shifokor, iqtisodchi, umuman qaysi sohani tanlasangiz ham shu sohani eng zo‘r mutaxassisi bo‘ling. Buning uchun doim harakatda va izlanishda bo‘lishdan to‘xtamang. Bir qoidani doim yodingizda tutib, shunga amal qiling. «To‘xtamay yasha, to‘xtagan kuning hamma narsangdan mahrum bo‘lasan va erishishing mumkin bo‘lganlaridan ham quruq qolasan!»» deb o‘z so‘zini yakunladi.